Belgiya: Magistraturada o’qish uchun grant dasturi
Flandriya hukumati iqtidorli nomzodlarga Flandriya va Bryusselda magistratura bosqichida o’qish uchun 30tadan 40 tagacha grant taqdim etadi. Arizalar Flandriyaning barcha universitetlari va San’at oliygohlaridan qabul qilinadi. Nomzodlar o’z arizalarini to’g’ridan-to’g’ri topshirish imkoniga ega emaslar. Grantga ariza topshirish uchun nomzod Flandriyaning ma’lum bir universiteti magistratura bosqichiga qabul qilingan bo’lishi kerak. Arizalar nomzod qabul qilingan universitet tomonidan taqdim etilishi kerak.